Turkiya va BMT Rossiyani "don kelishuvi"ga qaytarishga urinmoqda
Rossiya rasmiy ravishda «don kelishuvi»dan chiqqanini e’lon qilganidan keyin Turkiya va BMT “don kelishuvi”ni zudlik bilan saqlab qolishga kirishdi.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish kelishuvni qayta tiklashga harakat qilish uchun Arab Ligasi sammitini qoldirishga qaror qildi.
Anqaraning aytishicha, Ukrainada bir nechta kema, jumladan, Efiopiyaga don olib ketayotgan kemalar to‘sib qo‘yilgan bo‘lsa-da, hech bo‘lmaganda Istanbul yaqinida kutib turgan boshqa yuk tashuvchilar odatdagidek tekshiriladi.
Rossiya anneksiya qilingan Qrim Sevastopolidagi harbiy-dengiz bazasiga shanba kuni uchuvchisiz uchuv apparati hujumiga javoban BMT va Turkiya vositachiligidagi kelishuvni to‘xtatganini e’lon qildi.
Kremlga ko‘ra, uni Britaniya mutaxassislari ko‘magida Ukraina tashkil etgan bo‘lib, bunda “g‘alla yo‘li” deb ataluvchi yo‘ldan foydalanilgan.
Iyul oyidagi kelishuv Kiyevga 9 million tonnadan ortiq don va yog‘li o‘simliklarni, Moskvaga esa oziq-ovqat va o‘g‘it eksport qilish imkonini berdi. Bu esa Ukraina portlari to‘sib qo‘yilgach mart oyi narxlarining eng yuqori cho‘qqisidan 15 foizga pasayishga yordam bergan edi.
BMT, Yevropa Ittifoqi va Qo‘shma Shtatlar global oziq-ovqat inqirozidan xavotirda Rossiyani qaroridan qaytishga chaqirdi. NATO esa Putinni oziq-ovqatdan qurol sifatida foydalanmaslikka chaqirmoqda.