Urush, noming o‘chsin jahonda!

Samarqand shahridagi 13060-harbiy qism xizmatchilari 9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Xotira maydonida uch avlod uchrashuvi tashkil etdi.

Tadbirda ishtirok etgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari o‘quvchi-yoshlarga urush davri qiyinchiliklari, o‘zbek xalqining jasorati, qurbon bo‘lgan yaqinlari xotirasi haqida so‘zlab berib, ularni bugungi dorilamon kunlarga shukrona aytib yashashga chaqirdi.

Uchrashuv so‘ngida Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo‘yildi.

Akbar ABDUXALILOV.