9 may bayramida qabristonlarga borishga ruxsat beriladimi?

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

— 9 may bayrami yaqinlashib kelmoqda, Xotira va qadrlash kunida ko‘pchilik ota-bobolarining qabrlarini ziyorat qilishga boradi. Har yili bu odat tusiga kirgan. Karantin davrida nima bo‘ladi? Qabristonlarga borishga ruxsat etiladimi?

— Hurmatli fuqarolar, respublikamiz hukumati tomonidan, ilgari o‘tkazilishi rejalashtirilgan ayrim tadbirlarni, ya’ni diniy marosimlar, xotira va qadrlash hamda shunga o‘xshagan tadbirlarni karantin talablaridan kelib chiqib, vaqtincha cheklash bo‘yicha qaror qabul qilingan.

Karantin cheklovlari yumshatilib, ushbu turdagi marosimlar va bayram tadbirlariga ruxsat berilishi bilan, jamoatchilikka bu xaqda zudlik bilan yetkaziladi.

To‘g‘ri tushunib, karantin qoidalariga rioya etayotganingiz uchun minnatdorlik bildiramiz, - dedi G‘iyosov.