Qabriston kelgusi yilda devor bilan o‘raladi

#zarnewsuz_ga_javob_beradilar

Saytimizda shu yil 25 iyul kuni Jomboy tumanidagi "Azlar bobo" qabristonida ishlar chala qolganligi haqida murojaat e’lon qilingan edi.

Jomboy tumani hokimligi axborot xizmati ushbu murojaat yuzasidan javob yo‘lladi. Unda, jumladan, shunday deyiladi:

"Tumandagi barcha qabristonlar hududini o‘rash, ichki yo‘laklar barpo etish bo‘yicha chora-tadbir ishlab chiqilgan. Bugungi kungacha mavjud 68 ta qabristondan 30 tasi obod qilindi. Joriy yilning o‘zida Qo‘lbosti, Qo‘ziguzar, Shirinkent qishloq qabristonlarida yo‘laklar ta’mirlanib, devor bilan o‘rash chorasi ko‘rilmoqda.

Bu boradagi ishlar to‘xtab qolmaydi, balki mavjud imkoniyatdan kelib chiqib bosqichma-bosqich bajariladi. Jumladan, "Azlar bobo" qabristoni ham e’tibordan chetda emas.

Haqiqatan ham avval qabristonda hashar yo‘li bilan muayyan ishlar bajarilgan. Yaqinda ichki yo‘laklar qurish uchun mahalliy byudjetdan sement va boshqa qurilish ashyolari ajratilgan. Hududni devor bilan o‘rash ishlari esa 2022 yil dasturiga kiritilgan.