Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi tezlashdi

Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zolik arizasi yaqin orada ko‘rib chiqiladi. Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen Kiyevga tashrifi chog‘ida prezident Vladimir Zelenskiyga to‘ldirilishi rasman mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a’zoligi bo‘yicha muzokaralar boshlash uchun zarur qadam hisoblangan so‘rovnoma topshirdi. Yevrokomissiya yozda tegishli xulosani ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.

Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel, o‘z navbatida, Yevropa Ittifoqi Ukrainaga urush jinoyatlari bo‘yicha dalillar to‘plash va Xalqaro jinoyat sudiga taqdim etish uchun 7 million yevrodan ortiq mablag‘ ajratganini qo‘shimcha qildi.

"Hurmatli Vladimir, bu konvertda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish yo‘lidagi muhim bosqich bor. Bu so‘rovnoma kelgusi haftalardagi muzokaralarimiz asosi bo‘ladi. Sizning Yevropa va Yevropa Ittifoqiga yo‘lingiz shu yerdan boshlanadi. Va agar biz yaqindan hamkorlik qilsak, menimcha, xulosa odatdagidek yillar emas, bir necha hafta ichida taqdim etiladi. Bu sizga, aziz Vladimir, - dedi Ursula fon der Leyen Ukraina prezidentiga hujjatlar solingan papkani topshirar ekan.

"Biz bir hafta ichida javob tayyorlaymiz", deb javob bergan Vladimir Zelenskiy.

Uchrashuvda BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi joylarda, ayniqsa Mariupol kabi qamalda qolgan shaharlar atrofida o‘t ochishni to‘xtatish rejimi zarurligini eslatdi.

Boshqarma matbuot kotibi Yens Larke Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda shunday dedi: "Bizning ustuvor vazifamiz - bu shaharlarda qurolni «o‘chirish»ni ta’minlash. Tinch aholi qamalda qolgan Mariupolda ayniqsa vaziyat og‘ir.

Rossiya qo‘shinlari Kiyev viloyatidagi yana bir aholi punkti – Borodyankada olib chiqilgach, vayronalar ostidan halok bo‘lgan tinch aholi jasadlari olib chiqilmoqda. Qishloqning markaziy qismi deyarli butunlay vayron bo‘lgan. Vaholanki, Borodiankada harbiy infratuzilma ob’yektlari yo‘q. Ukraina ichki ishlar vazirligi rahbari maslahatchisi Anton Gerashchenkoga ko‘ra, qishloqqa zarba berishda harbiy ma’no bo‘lmagan.