Urgutda 8 iyun kuni 8 nafar fuqaro jazodan ozod qilindi

Urgut tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga 8 nafar mahkumni muddatidan oldin jazodan ozod qilishni so‘rab taqdimnoma kiritdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudining raisi vazifasini bajaruvchi A.Axmadovning ma’lum qilishicha, 2020 yil 8 iyun kuni o‘tkazilgan sud majlisida ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq jazo qo‘llanilmagan bu mahkumlar jazoni o‘tash davrida tartib-qoidalarga to‘liq rioya qilganligi va qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi inobatga olinib, insonparvarlik tamoyillari asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.