Urgutda "Lacetti" 4 nafar piyodani urib yubordi

Tumanning G‘o‘s qishlog‘ida "Lacetti" haydovchisi 4 nafar piyodani urib yuborgan, yo‘l-transport hodisasi oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan.

Ushbu ayanchli holat 25 oktyabr kuni soat taxminan 22:30 larda Urgutning G‘o‘s mahallasi hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda sodir bo‘lgan.
Viloyat IIB xabariga ko‘ra, haydovchi A.O. boshqaruvida bo‘lgan "Lacetti "rusumli avtomashinani G‘o‘s mahallasi yo‘nalishi bo‘yicha tezlikni me’yoridan ortiq boshqarib borib, ushbu yo‘lning qatnov qismidan piyoda harakatlanib ketayotgan 4 nafar fuqaroni urib yuborgan.
Oqibatda, 2 nafar piyoda vafot etgan, 2 kishi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.