Urgutda qarzdor ota farzandi uchun 80 million so‘m to‘lab berdi

Endi aliment to‘lovchi otaning farzandi ham boshqa bolalar qatori Navro‘z bayramini yaxshi kayfiyatda nishonlaydi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor J.T.dan undiruvchi G.Ye.ning foydasiga bir nafar farzandining ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. Mazkur sud qaroriga asosan ijro hujjati bo‘yicha MIBning Urgut tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.
Ijro hujjati ijrosini ta’minlash mobaynida olib borilgan tushuntirishlar o‘z samarasini berdi. Qarzdor ota farzandiga aliment uchun hisoblangan 80 million so‘mni bir yo‘la oldindan to‘lab berdi.