Urgutda yuk mashinasi yo‘l chetiga ag‘darilib ketdi
- 04.11.2020 10:37
- 158
- Hodisa

Ijtimoiy tarmoqlarda “GAZ-53A” rusumli yuk mashinasi yo‘lning chetki qismiga ag‘darilib ketganligi aks etgan videolavha tarqaldi. Samarqand viloyati IIB axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, voqea 2 noyabr kuni soat 15:00 larda Urgut tumani Mo‘minobod-1 mahallasi ichki yo‘lida sodir bo‘lgan.
Ushbu yuk mashinasi haydovchisining ehtiyotsizligi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning chetidagi ariqqa tushib ketgan.
Hodisada tan jarohati olganlar yo‘q.
Viloyat IIB YHXB yana bir bor haydovchilardan yo‘llarda hushyor bo‘lishlarini so‘raydi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qarz va 100 dollar
- 19 daqiqa avval
- Mutolaa
Ijodiy imtihonlar o‘tkazilishi uchun sharoitlar yaratilgan
- 21 daqiqa avval
- Sport
Sudlar faoliyati sarhisob qilindi
- 48 daqiqa avval
- Samarqand
25 yilda Kofirqal’adan nimalar topildi?
- Bugun, 14:45
- Madaniyat