Vaksinatsiya ishlarini majburiy amalga oshirayotgan davlatlar

🇦🇺 Avstraliya

Joriy yil iyun oyini oxirida karantinli mehmonxonalarda keksa yoshdagi ishchilar va xizmatchilar uchun COVID-19 vaksinasi bilan emlash majburiy qilindi. Tokioga boradigan parolimpiya sportchilari uchun emlanish majburiy qilingan.

🇬🇧 Angliya

“Qariyalar uyi” ishchilari uchun oktyabr oyidan boshlab koronavirusga qarshi emlash majburiy bo‘ladi.

🇫🇷 Fransiya

2021 yil 12 iyuldan barcha sog‘liqni saqlash xodimlari, kinoteatrga kirmoqchi yoki poyezdga chiqmoqchi bo‘lganlar emlanganligi to‘g‘risida hujjatni yoki kovidga chalinmaganligi bo‘yicha salbiy test natijasini ko‘rsatishi shart.

🇬🇷 Gretsiya

2021 yil 12 iyuldan qariyalar uyi xodimlari emlanishi majburiy, sentyabr oyidan faqat vaksina olgan fuqarolar barlar, kinoteatrlar, teatrlar va boshqa yopiq joylarga kirishiga ruxsat berilgan.

🇮🇩 Indoneziya

2021 yil fevral oyidan emlash majburiy ravishda amalga oshirilmoqda. Indoneziya poytaxti Jakartada vaksina olishdan bosh tortganligi uchun 5 mln rupiya (357 AQSh dollari)gacha jarima qo‘llanilishi belgilangan.

 

🇮🇹 Italiya

2021 yil mart oyida sog‘liqni saqlash xodimlari, shu jumladan farmatsevtlar majburiy emlangan. Rad etganlarga yil davomida maosh berilishi to‘xtatilgan.

🇰🇿 Qozog‘iston

2021 yil iyun oyidan 20 dan ortiq sohada ishlaydigan odamlar majburiy emlangan, emlashdan bosh tortganlarda haftalik sinovlar o‘tkazilgan.

🇵🇱 Polsha

2021 yil avgust oyidan boshlab xavf yuqori bo‘lgan ayrim toifadagi odamlar uchun emlashni majburiy amalga oshirish rejalashtirilgan.

🇷🇺 Rossiya

Moskvada 2021 yil iyun oyining oxiridan kafe, bar va restoranlarga faqat emlanganlar yoki kovidga chalinmaganligi to‘g‘risida salbiy test natijasi mavjud bo‘lganlar kirishiga ruxsat berilgan.

🇸🇦 Saudiya Arabistoni

2021 yil may oyidan ish joyiga borib ishlash uchun davlat va xususiy sektor ishchilari majburiy emlanishi belgilangan (bunga muddat belgilanmagan). Shuningdek, 1 avgustdan boshlab har qanday davlat, xususiy yoki ta’lim muassasalariga kirish, jamoat transportidan foydalanish uchun majburiy emlanish belgilanmoqda.

Bu haqda Huquqiy axborot ma’lum qildi.