O‘zbekistonning emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatini qaysi mamlakatlar tan oldi?

Sanitariya-epidemiologik xizmatining ma’lum qilishicha, hozirgi vaqtga kelib O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat faqat bitta davlatda rasman tan olingan — bu Vengriya davlati.

Shuningdek, yaqin kunlarda Qozog‘iston bilan ikkala davlat sertifikatlarini o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishuvga erishilishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, hozirda O‘zbekiston MDHning boshqa mamlakatlari bilan sertifikatlarni tan olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Sentyabr oyidan boshlab Hamdo‘stlik davlatlari ham bir birining sertifikatlarini tan olishi kutilmoqda.

Sanitariya xizmatining ta’kidlashicha, boshqa mamlakatlar bilan sertifikatlarni o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishuv keyinchalik tuziladi.