Turkiya COVID-19 tufayli cheklovlarni kuchaytirdi

Turkiya hukumati emlanmagan fuqarolarning kinoteatr va restoranlarga kirishi uchun PSR testining salbiy javobini taqdim etishni majburiy qilishni rejalashtirmoqda, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.

"Koronavirusga qarshi emlanmagan talabalar va universitet xodimlari uchun muntazam ravishda PSR testlari o‘tkazilishi zarur bo‘ladi. Shuningdek, biz shaharlararo aviaparvoz hamda transport, kinoteatr va restoranlar kabi joylarga kirish uchun majburiy PSR testni talab qilamiz", deb yozadi Hurriyet» gazetasi Erdo‘g‘anning so‘zlarini keltirib.

Prezidentga so‘zlariga ko‘ra, 6 sentyabr kuni o‘quv yili boshlanishi bilan emlanmagan maktab xodimlari haftasiga kamida ikki marta PSR tekshiruvidan o‘tishlari kerak bo‘ladi.

Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatda 5,7 milliondan ortiq koronavirus kasalligi qayd etilgan, 51 mingdan ortiq bemor vafot etgan. 45 milliondan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi emlashning birinchi dozasini oldi.