“Vaqf“ fondi Samarqandda yo‘l qurmoqda

“Vaqf“ xayriya jamoat fondi Samarqandda yo‘lni asfaltlamoqda. Viloyatning Nurobod tumani Oqsoy MFY hududida joylashgan “Hazrati Dovud“ ziyoratgohiga olib boruvchi yo‘lning bir kilometrga yaqin qismi fond filiali, ziyoratgoh ma’muriyati hamda homiylar ko‘magida ta’mirlandi. 

Zarur bo‘lgan tashuvchi, tekislovchi texnikalar hamda 40 nafar ishchi jalb etilib, yo‘llarga shag‘al yotqizildi. Kunlar isishi bilan ushbu hududda “Vaqf“ xayriya jamoat fondi hisobidan asfalt yotqizilishi rejalashtirilgan.

Undan tashqari fond tomonidan ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlar qatorida aholining ehtiyojmand qatlamiga moddiy ko‘mak ko‘rsatish, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun aravalar tarqatish, qishloqlarga ichimlik suvi chiqarish, jarrohlik amaliyoti arafasida turganlarga ko‘mak ko‘rsatish, masjidlar va madrasalarni qurish, ta’mirlash, uy-joyga muhtojlar uchun uylar qurish kabilarni qayd etib o‘tish mumkin.​​

O‘zA.