Viloyatlar kesimida eng ko‘p aholi Samarqandda qayd etildi

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonning demografik holatining hozirgi holati bo‘yicha ma’lumot berdi.

“Respublikaning doimiy aholisi soni 33 yarim milliondan ortgan. O‘zbekiston aholisi 2019 yil 1 iyul holatiga ko‘ra 33 523,6 ming kishini tashkil etib, 2019 yil boshidan 268,1 ming kishiga yoki 0,8 foizga o‘sdi. Jumladan, shahar aholisi soni 16 939,6 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,5 foiz), qishloq aholisi soni 16 584,0 ming kishini tashkil etdi”, - deyiladi xabarda.

Respublika hududlari kesimida tahlil qilinganda, 2019 yil 1 iyul holatiga ko‘ra eng ko‘p aholi soni Samarqand viloyatida bo‘lib, respublika aholisi sonidagi ulushi 11,4 foizni, Farg‘ona viloyatida 11,1 foizni, Qashqadaryo viloyatida 9,7 foizni Andijon viloyatida 9,2 foizni tashkil etgan.