“Worldskills Samarkand-2025” V Milliy kasblar chempionati yakunlandi
Samarqand shahridagi yoshlar markazida “WORLDSKILLS SAMARKAND-2025” chempionatining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Worldskills Uzbekistan” ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi hamkorligida o‘tkazilgan musobaqa ushbu yo‘nalishdagi xalqaro musobaqalarda yurtimiz sha’nini munosib himoya qiladigan iqtidorli ishchi kasb egalarini aniqlash maqsadida tashkil etildi.
Ishtirokchilar ekspertlar xulosasi va yakuniy natijalarga ko‘ra, quyidagi o‘rinlarni egalladi:
Payvandlash kasbida:
1-o‘rin Xoliqulov Javohir, Samarqand viloyati
2-o‘rin Abdunabiyev Asadbek, Samarqand viloyati
3-o‘rin Jumayev Javohir, Buxoro viloyati
Elektromontaj kasbida:
1-o‘rin Norqo‘ziyev Saidumar, Samarqand viloyati
2-o‘rin Ibadullayev Temur, Sirdaryo viloyati
3-o‘rin Toshpo‘latov Jahongir, Navoiy viloyati
"Santexnika" kasbida:
1-o‘rin Eliboyev Shahriyor, Samarqand viloyati
2-o‘rin Ergashev Albosid, Samarqand viloyati
3-o‘rin Allaqulov Umid, Sirdaryo viloyati
Tibbiy va ijtimoiy g‘amxo‘rlik kasbida:
1-o‘rin Davronova Muslima, Samarqand viloyati
2-o‘rin Akmirzayeva Sevara, Sirdaryo viloyati
3-o‘rin Rahimova Husnora, Namangan viloyati.
Tadbirda Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘quvchilari tomonidan tayoyorlangan musiqiy dasturlar barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi.
G‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilarning diplom va sertifikatlari, qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.