Xalq ta’limi vazirligi sobiq deputatni sudga berdi
- 10.09.2020 11:40
- 750
- Ta’lim

Ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan Xalq ta’limi vazirligiga fuqaro Qobul Dusovga nisbatan sudga da’vo arizasi ochilgani yuzasidan savollar kelib tushdi.
Mazkur murojaatlarga javoban Xalq ta’limi vazirligi quyidagilarni ma’lum qildi:
"Darhaqiqat, Xalq ta’limi vazirligi o‘zining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumotlar tarqatganligi uchun fuqaro Qobul Dusovdan raddiya berishni talab qilib, fuqarolik sudiga murojaat qilgan.
Sud jarayoni yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishini bildiramiz".