2022 yil sarhisobi: Xalq ta’limi yo‘nalishida erishilgan natijalar qoniqarlimi?

Respublika bo‘yicha 2022 yilda qo‘shimcha 500 ming o‘quvchi o‘rni yaratilib, ularning jami soni 5 million 300 mingga yetdi.

Ta’lim mazmuniga yangi zamonaviy metodikalarni keng joriy etish doirasida YuNISEF tashkiloti, Cambridge University Press va Oxford University Press nashriyot uylari hamda Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya, Finlandiya, Rossiya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarning 21 nafar xalqaro ekspertlari hamda yuzlab mahalliy mutaxassislar tomonidan Yangi Milliy o‘quv dasturi hamda unga asosan 296 nomdagi yangi avlod darsliklari, mashq daftarlari, o‘qituvchi metodika kitoblari yaratildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda tashkil etilgan “mobil metodik guruhlari” tomonidan 978 nafar o‘qituvchi bilimlari diagnostikadan o‘tkazilib, yangi metodikalar asosida o‘qitildi.

Hayot davomida ta’lim olish tamoyili asosida “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi orqali 341 ming nafar o‘qituvchining malakasi oshirildi. Natijada 278 ming nafar pedagog attestatsiyadan o‘tkazilib, toifaga ega o‘qituvchilar soni 220 mingdan 325 mingga ko‘paydi (43,8 foizdan 64,8 foizga oshdi).

Maktab o‘qituvchilari bilimini xalqaro dasturlar asosida baholash (EGRA, EGMA va PISA) yo‘lga qo‘yildi. PISA–2022 dasturi bo‘yicha 191 ta maktabda 15 yoshli o‘quvchilar orasidan 6 969 nafarida so‘rovnomalar o‘tkazildi.

Yangi o‘quv yilidan boshlab 137 ta maktabda inklyuziv sinflar tashkil etilib, 245 nafarga yaqin nogironligi bo‘lgan bolalar ta’lim olishi uchun sharoit yaratildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 139 374 nafar (726 ta maktab) va Xorazm viloyatida 134 315 nafar (549 ta maktab) boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul ovqatlanishi tashkil etildi.

Barcha maktablar to‘g‘risidagi ma’lumotlar raqamlashtirildi, 6,3 million o‘quvchi va 700 ming xodimlarning ma’lumotlar bazasi shakllantirildi.