Payariq, Past Darg‘om va Kattaqo‘rg‘on tuman xalq ta’limi bo‘limlarida 1,4 mlrd. so‘mdan ziyod byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingan

Bu haqda Samarqand viloyati prokurori J.Hotamov xalq deputatlari viloyat Kengashining sakson birinchi sessiyasida ma’lum qildi.

- 2022 yil davomida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, shuningdek Past Darg‘om, Payariq, Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘limlarida, ming afsuski, ko‘plab jinoyatlar sodir qilinganligi aniqlandi, - dedi prokuror. - Misol uchun, Payariq tumani bo‘limi tomonidan 729 mln. so‘m, Past Darg‘om tumanida 393,3 mln. hamda Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limida 288,6 mln. so‘m, jami 1 mlrd. 410 mln. so‘m miqdoridagi byudjet mablag‘lari rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilingan. O‘tkazilgan tergov natijasiga 10 nafar shaxsga nisbatan tegishli ayblovlar e’lon qilinib, talon-toroj qilingan mablag‘lar byudjetga qaytarildi.

Yoki xalq ta’limining hududiy bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtirib, nazorat qilishga mas’ul bo‘lgan viloyat boshqarmasi mansabdor shaxslari ham sport jihozlarini davlat xaridlari orqali 1 mlrd. 33 mln. so‘mga qimmat narxlarda sotib olib, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishga “o‘z hissa"larini qo‘shgan.