Xalqning dardiga Xalq qabulxonalarida yechim topilayapti(mi?)
Samarqand tumani Xalq qabulxonasiga joriy yilning olti oyida jismoniy va yuridik shaxslardan 368 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarda ko‘tarilgan 106 ta masala ijobiy yechimini topgan. Shuningdek, 223 ta murojaatga asosli tushuntirish berilib, 2 tasi rad etilgan. Bugungi kunda 37 ta murojaat o‘rganish jarayonida.
Kelib tushgan murojaatlarning 298 tasi hududdagi tashkilotlarga, 60 tasi yuqori tashkilotlarga yuborilgan. Xalq qabulxonasining o‘zida 10 ta murojaat ko‘rib chiqilgan. Tahlillarga ko‘ra, murojaatlar 93 tasi 1-sektor, 84 tasi 2-sektor, 92 tasi 3-sektor, 69 tasi 4-sektor hududida yashovchilardan, qolgan murojaatlar boshqa shahar, tuman fuqarolari tomonidan bo‘lgan.
Sektor rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan 20 ta ommaviy sayyor qabullarda 234 nafar jismoniy va yuridik shaxslardan 239 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning 19 tasi ijobiy hal qilingan bo‘lib, 220 tasiga asosli tushuntirish berilgan.
Shu o‘rinda qayd etish lozimki, tumanda 2248 ta kam ta’minlangan oilalar bor. O‘tgan karantin davrida murojaatlar asosida 3151 ta oilaga 2 milliard 264 million so‘mlik oziq-ovqat yetkazib berilgan.
Shundan 632 ta boquvchisi bo‘lmagan oilalar 412 million so‘mlik, 900 ta nogironi bo‘lgan oilalarga 554,15 million so‘mlik, 980 ta karantin davrida oziq-ovqat zaxirasi va pul mablag‘lari tugagan, ko‘p farzandli oilalarga 679,4 million so‘mlik, 421 nafar yolg‘iz qariyalarga 158 million so‘mlik yordam ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari, 15 ta sharoiti og‘ir oilalarga qoramol berilgan.
Mavjud sharoitdan kelib chiqib, 1405 ta oilaga tibbiy-yordam ko‘rsatilib, 2100 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan. Ishsiz fuqarolarni 1426 nafari xaq to‘lanadigan vaqtinchalik jamotchilik ishlariga jalb qilingan bo‘lsa, 674 nafari o‘z kasbi bo‘yicha doimiy ishga joylashtirilgan.
Ilhom MURODOV,
Samarqand tumani Xalq qabulxonasi mudiri.