Xalq qabulxonasida o‘tkazilgan sayyor qabulda viloyat sudlariga 21 ta murojaat kelib tushdi
Davlatimiz rahbarining tashabbusiga asosan bugun boshqaruvning barcha bo‘g‘inlari rahbarlari xalq bilan bevosita muloqot qilish, ularni sayyor tartibda qabul qilib, muammolarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Bu borada Samarqand viloyati sudlari raislari ham faollik ko‘rsatib kelyapti. Xususan, belgilangan reja asosida Samarqand shahar Xalq qabulxonasida fuqarolar bilan uchrashuv, davra suhbati va sayyor qabullar tashkil qilib kelinmoqda. Sayyor qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ko‘tarilgan muammolar yechimini topishda tegishli huquqiy tushuntirishlar berilib, amaliy yordam ko‘rsatilyapti.
Bugun o‘tkazilgan sayyor qabul jarayonida 21 ta murojaat ro‘yxatga olindi. Jumladan, jinoyat ishlari bo‘yicha 1 ta murojaatga zarur huquqiy tushuntirish berildi. Ma’muriy ishlar bo‘yicha bo‘lgan 16 ta murojaatning 13 tasi ijobiy hal qilindi.
Qabul davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha 4 ta murojaat qayd qilingan.
Bundan tashqari, viloyat sudlari tomonidan tashkil etilgan sayyor sudlarda 14 nafar shaxslar jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilindi. Ma’muriy ishlar yuzasidan 13 nafar shaxsga nisbatan ishlar tugatildi.
Otabek QODIROV,
jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi bosh mutaxassisi.