Xitoy sharqidagi mehmonxona quladi, qurbonlar bor
- 14.07.2021 16:41
- 62
- Xorij
Szyansu provinsiyasi Suchjou shahridagi mehmonxona binosi qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 17 kishiga yetdi. Ayni paytda qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi, deya xabar berdi Xitoy markaziy televideniyesi.
Suchjou rayonlaridan biridagi «Siszi Kayyuan» mehmonxonasi qulashi 12 iyul kuni, tushdan keyin noma’lum sabablarga ko‘ra sodir bo‘ldi. Bino qulagach, 23 kishi vayronalar ostida ekanligi aniq bo‘ldi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qutqaruvchilar vayronalar ostidan 23 kishini olib chiqishga muvaffaq bo‘lishdi, ulardan besh nafari kasalxonaga yotqizildi.
Hozirda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.


Teglar:
Xitoy
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qovunchitepadan topilgan kulolchilik buyumlari
- Kecha, 19:00
- Madaniyat
"SES" xodimi 400 dollar bilan ushlandi
- Kecha, 18:56
- Jinoyat va jazo
Aravachadagi murda
- Kecha, 17:37
- Jinoyat va jazo
Samarqandda «Do‘stlik» festivali o‘tkazildi
- Kecha, 13:35
- Samarqand