Xitoy: Yirik ishlab chiqaruvchi kompaniyalar Samarqandda qo‘shma korxona ochishga qiziqmoqda
Xabar berganimizdek,viloyat hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligidagi Samarqand delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.
Birinchi manzil Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonining Urumchi shahri bo‘ldi. Unda viloyat rahbari Xitoyning yetakchi sanoatchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muloqot ishtirokchilari orasida Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonidagi birinchi davlat darajasidagi iqtisodiy va texnologik rivojlanish zonasi – Urumchi iqtisodiy va texnologik rivojlanish zonasi (Urumqi Economic and Technological Development Zone) rahbariyati ham bor. Tashkilot ko‘p funksiyali bo‘lib, unda 9 mingdan ortiq kompaniya ro‘yxatga olingan. Ushbu korxonalardan 43 tasi har yili 100 million yuan (taxminan 14,8 million AQSh dollari) dan ortiq yillik sanoat mahsuloti ishlab chiqarishga erishgan.
Keyingi muloqot barcha o‘lchamdagi yuqori sifatli (Premium class) shinalar ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi “Sailun Group” vakillari bilan bo‘ldi.
Sailun dunyodagi TOP-20 ta eng yaxshi shinalar ishlab chiqaruvchilardan biridir. Kompaniya Sindao, Dongying, Shenyang, Veyfang, Vetnam va Kambodjada shinalar ishlab chiqarish bazalariga ega va Dongjiakou, Meksika va Indoneziyada shinalar ishlab chiqarish bazalarini qurishni rejalashtirmoqda. Ayni paytda “Sailun Group” yiliga 26 million to‘liq po‘latdan yasalgan radial shinalar, 103 million yarim po‘latdan yasalgan radial shinalar va 447 ming tonna yo‘ltanlamas shinalar ishlab chiqarish quvvatini qurishni rejalashtirmoqda. Kompaniyaning mahsulot savdosi Xitoy, Shimoliy Amerika, Yevropa, Osiyo va Afrika kabi 180 dan ortiq mamlakat va mintaqalarni qamrab oladi.
Uchrashuvlar davomida Samarqandga Xitoy sarmoyasini jalb etgan holda qo‘shma korxona ochish va hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Viloyat hokimligi axborot xizmati.