Xitoylik olimlar asteroidning qulashi ehtimolini baholashdi

Xitoylik olimlar 2032 yilda 2024 YR4 asteroidining Yer bilan to‘qnashishi ehtimolini 2 foizga baholamoqda. Asteroid diametri 40 metrdan 90 metrgacha.

Mutaxassislar ma’lumotlar to‘planishi bilan uning orbitasini hisoblash yanada aniq bo‘lishi va to‘qnashuv ehtimoli o‘zgarishi mumkinligini ta’kidlamoqda. "Hech qanday profilaktika choralarisiz bunday o‘lchamdagi asteroidning qulashi katta shaharga teng bir necha ming kvadrat kilometr maydonni yo‘q qilishi mumkin", deyishmoqda ular.

Hozirgi texnologiya asteroidni to‘liq to‘xtatishga imkon bermaydi, ammo boshqa usullar mavjud. Masalan, raketalar bilan uning trayektoriyasini burish yoki aholini xavfli hududdan evakuatsiya qilish mumkin.
Ilgari NASA to‘qnashuv ehtimolini 2,1 foizga, Yevropa kosmik agentligi esa 2,02 foizga baholagan.