Xona sharoitidagi tuya archasi har qanday guldan ko‘ra foydaliroq bo‘lishi mumkin

Hatto ko‘p qavatli uylarda ham ignabargli o‘simliklarni parvarishlash ommalashganiga guvoh bo‘lyapmiz. Chunki ular juda ko‘rkam bo‘lishi bilan birga xona havosini tozalashda ham foydasi katta.

Ignabarglilar oilasiga tegishli daraxtlardan tuya archasining foydali xususiyatlari ancha salmoqli. Tuya archasi topiar san’at namunasi, ya’ni - butadan turli shakllar yaratish uchun eng yaxshi nomzod ham. Unda ishlangan geometrik shakllar yaxshi saqlanadi.

Dekorativlikdan tashqari, bu ko‘rkam buta inson salomatligi uchun foydali xususiyatlarga ega. Ko‘p mamlakatlarda tuya archasini nafas yo‘llari kasalliklari shifoxonalarida uchratish mumkin. Bunga o‘simlikdan ajralib chiqadigan fitonsidlar sabab bo‘lgan. Chunki ular havoda zararli organizmlar ko‘payishining oldini oladi hamda hovli va xonalar mikroflorasini zamburug‘ va bakteriyalardan tozalaydi. Yoqimli qarag‘at ifori esa tinchlantiruvchi ta’siri bilan sog‘lom uyqu uchun ayni muddao.
Tuya archasi bir maromda o‘sishi va xona sharoitida yaxshi rivojlanishi uchun yozda uni iliq xona haroratida saqlash zarur. Qishda esa butani hovli yoki ayvonga, ochiq havoga ko‘chirish ham mumkin.
O‘simlikni bahorda ko‘proq miqdorda azotli, yoz oylarida esa fosfor va kaliyli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish tavsiya etiladi.