Xonadonida jangovar patronlar saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi

20 aprel kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIB xodimlari tomonidan Samarqand shahar Mirsaid Baraka ko‘chasida yashovchi Yu.V. ning yashash uyida tintuv tergov harakati o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbir davomida uning yashash uyida 2 dona ov quroli, Kalashnikov avtomati (AK-74) uchun mo‘ljallangan 27 dona 5,45 millimetrli patron va AKM uchun mo‘ljallangan 6 dona 7,62 millimetrli patron, 6 dona 5,5 millimetrli patron, 4 dona paxtovon patron, 4 dona 16 kalibrli ov quroli uchun mo‘ljallangan patron, 6 dona 16 kalibrli ov quroli uchun mo‘ljallangan gilzalar, 1 dona patron hamda Makarov pistoleti uchun mo‘ljallangan 43 dona 9 millimterli patron, 1 dona ov quroliga tegishli bo‘lgan zatvor, 1 dona ov quroliga tegishli bo‘lgan stvol noqonuniy ravishda saqlab kelayotganligi aniqlandi. Ushbu jangovar patron va qurollar daliliy ashyo sifatida xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirildi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.