Xorij xabarlari: Dunyoda maymunchechak infeksiyasi tarqalishi kengaymoqda. Rossiya muhojirlarni oilalari bilan mamlakatga kirishini taqiqlashi mumkin
🔹 Ukraina Kursk oblastida kengayishda davom etmoqda va o‘z pozitsiyalarini mustahkamlash uchun ko‘priklarni portlatmoqda. So‘nggi kunlarda Ukraina qurolli kuchlari Kurskdagi Seym daryosi orqali o‘tadigan uchinchi va oxirgi doimiy ko‘prikni vayron qildi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kundalik videomurojaatida Kursk viloyatiga hujumdan maqsadni “bufer zona” yaratish deb atadi. 130 ming kursliklar o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan, 320 nafar rus askari asirga olingan.
🔹 Rossiya Davlat Dumasi muhojirlarning oilalari bilan Rossiyaga kelishini taqiqlaydi. Yuqori malakali xorijiy ishchilarning oila a’zolari uchun istisnolar qo‘llaniladi. Qonun loyihasi nazoratsiz migratsiya bilan kurashishga yordam beradi deb ishonilmoqda.
🔹 Filippinda maymunchechak infeksiyasining birinchi holati aniqlandi. Afrika qit’asidan tashqarida kasallik tarqalishi birinchi holati shu hafta Shvetsiyada qayd etilgan edi. Afrika mamlakatlarida 2024 yil boshidan buyon 17 mingdan ortiq maymunchechak aniqlangan, 517 kishi vafot etgan. JSST Bosh direktori maymunchechak epidemiyasi sababli xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat e’lon qilgan.
🔹 AQShning sobiq prezidenti, bo‘lajak saylovlarda Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp demokrat raqibi Kamala Xarrisning g‘alabasi mamlakatni halokatga olib kelishidan xavotir bildirdi. “Kamala Xarris – mamlakatimiz uchun dahshatli ssenariy. U har doim kommunist bo‘lgan va shunday qoladi", degan Tramp.
🔹 Falastinning HAMAS harakati Isroil tomonining yangi shartlari tufayli Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish va garovdagilarni ozod qilish bo‘yicha taklifni rad etdi. HAMAS, shuningdek, Netanyahuni muzokaralarni buzish va G‘azo sektoridagi qurolli mojaroni uzaytirish maqsadida aybladi.
🔹 AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken mintaqa yetakchilari bilan bir necha oy davom etgan keskin muzokaralardan so‘ng G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga erishish uchun to‘qqizinchi diplomatik missiyasi bilan Yaqin Sharqqa borgan. Uning bosh vazir Netanyahu, mudofaa vaziri va prezident bilan uchrashuvlari muzokaralarda ijobiy yo‘naltiradi deyilmoqda.
🔹 Boshqirdistondagi neft-kimyo zavodida yuz bergan portlash va yong‘indan keyin uch kishi og‘ir jarohatlangan. Portlash sababi texnik nosozlik deyilmoqda.
🔹 Tel-Avivdagi markaziy ko‘chada portlash sodir bo‘ldi. Huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, voqea terrorchilik harakati bo‘lishi mumkin. Portlash yuk mashinasida sodir bo‘lgan.
🔹 AQShda olimlar keksalikni davolash vositasini sinab ko‘rmoqda. Ular qarishini sekinlashtiradigan preparatni itlarda sinamoqda. Yaratilgan preparat ikki keksa itda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan. Qisqa vaqt ichida ikkala hayvonning ahvoli sezilarli darajada yaxshilangan. Yangi preparat tufayli tana ildiz hujayralarini ko‘paytirishni boshlaydi va "yoshroq ko‘rinadi". Tadqiqot natijalari kelasi yil boshida taqdim etiladi.