Xorij xabarlari: Kurskda janglar davom etmoqda. Germaniyalik arxeologlar kumush tangalardan iborat yirik xazina topishdi
🔹 Belarus mudofaa vaziri Viktor Xrenin Ukrainadan qurolli provokatsiyalar sodir etish ehtimoli yuqori ekanligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Belarus chegaralarida keskinlik kuchayayotgan hozirgi vaziyatda, ayniqsa Ukrainadan, respublika hukumati qurolli mojarolar ehtimolini istisno qilmaydi.
🔹 Kursk viloyatidagi janglar tun bo‘yi davom etgan. Ukraina kuchlari Kursk viloyatidagi Vnezapnoye qishlog‘ini nazorat ostiga olgan. Rossiya o‘z kuchlarini Ukrainadan Kurskga ko‘chirmoqda.
🔹 Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Satibaldiga nisbatan qamoq jazosi yengillashtirilib, uning qolgan qamoq muddati 3 yil 3 oylik ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirildi. Sotibaldi jazo muddatining 1/3 qismini o‘tagan va zararni ham to‘lagan.
🔹 Kanada Ukrainaga bergan qurollaridan Rossiya hududida foydalanishga ruxsat berdi. Boshqa bir qator davlatlar, xususan, AQSh va Buyuk Britaniya ham Rossiya Federatsiyasida uzoq masofaga uchuvchi raketalardan tashqari o‘z qurollaridan foydalanishga ruxsat berishlarini bildirishgan.
🔹 Qozog‘iston Rossiyaga qarshi sanksiyalar qozoq kompaniyalari manfaatlariga ta’sir etsa, ularga “ko‘r-ko‘rona amal qilmaydi”. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari vaziri Serik Jumangarin Bloomberg agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
🔹 Shveysariya Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatni hal qilishda o‘z ishtirokini taklif qilmoqda. Avvalroq Shveysariya tashqi ishlar vaziri Ignazio Kassis va uning italiyalik hamkasbi Antonio Tajani yaqin kelajakda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Ukraina bo‘yicha ikkinchi “Tinchlik sammiti”da ishtirok etish uchun Rossiyani jalb qilish niyatini bildirgan.
🔹 Isroil va Eron o‘rtasida keng ko‘lamli urush muqarrar, degan Isroil TIV vakili OAVga.
🔹 Qatar bosh vaziri Muhammad bin Abdulrahmon 15 avgust kuni Dohada Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urushni tugatish va garovga olinganlarni ozod qilish masalalarini muhokama qilish uchun o‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng Eron yetakchilari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
🔹 Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Prezident Vladimir Putinning Ozodlik kuni munosabati bilan yo‘llagan tabriklariga javoban Rossiya “tinchlik va xalqaro adolat uchun muqaddas urush”da g‘alaba qozonishiga ishonch bildirdi.
🔹 AQSh prezidenti Jo Bayden saylovlarda g‘olib bo‘lgan Venesuelaning amaldagi prezidenti Nikolas Maduroga qanday signal yuborayotgani haqida so‘ralganda, Bayden takroriy saylovlar o‘tkazish taklifini qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi. Maduro, o‘z navbatida, Qo‘shma Shtatlar "ko‘plab o‘z ichki muammolarini hal qilishini" ta’kidlagan.
🔹 AQSh prezidentligiga asosiy nomzodlar Donald Tramp va Kamala Xarrisning jamoalari ular o‘rtasidagi teledebatlarning birinchi raundi 10 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
🔹 Braziliyaning markaziy Mato Grosso shtatida kichik ikki dvigatelli samolyot qulashi natijada besh kishi halok bo‘lgan.
🔹 Germaniyalik arxeologlar Frayburg shahri yaqinidagi Glottertal tog‘ida kumush tangalardan iborat yirik xazinani topishdi.