Xorij xabarlari: Rossiyaning Ukrainadagi bolalar kasalxonasi hujumi tufayli BMT Xavfsizlik Kengashi chaqirildi

🔹 Kecha Rossiya qo‘shinlari Kiyevdagi «Oxmatdet» milliy ixtisoslashtirilgan bolalar kasalxonasiga raketa hujumi uyushtirdi. OAV xabarlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 36 kishiga yetgan, 140 dan ortiq odam yaralangan. 9 iyul Kiyevda Motam kuni deb e’lon qilindi. Raketa hujumidan so‘ng Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy xalqaro hamjamiyatni BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini chaqirishga undadi. Kengash yig‘ilish o‘tkazishni bugun, 9 iyulga belgiladi. AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Sloveniya va Ekvador yig‘ilishga mezbonlik qilishni so‘ragan.

🔹 Ukraina dronlari 9 iyulga o‘tar kechasi Rossiyaning olti viloyatiga hujum qildi. Frolovo shahridagi kichik stansiya va Kalach-na-Don shahridagi neft bazalarida yong‘inlar sodir bo‘ldi. Qurbon va jarohatlanganlar yo‘q.

🔹 So‘nggi bir necha kun ichida Isroilning shimoliy chegaralaridagi voqealar shunday rivojlandiki, ekspertlar Livan bilan yirik urush endi shunchaki ehtimol emas, balki muqarrar deb hisoblamoqda. Shu hafta Hizbulloh Livan janubidagi Isroil hujumi natijasida yuqori martabali qo‘mondonlaridan biri Muhammad Nima Nosir halok bo‘lganini ma’lum qildi. Bunga javoban bir kun ichida Isroilga 200 ga yaqin raketa va portlovchi moddalar o‘rnatilgan uchuvchisiz samolyotlar uchirildi.

🔹 Gruziyaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish jarayoni to‘xtatildi. Yevropa Ittifoqi davlatni mudofaa sohasida qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan 30 million yevroni muzlatishga qaror qilgan. Gruziyaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi to‘xtatilishiga mamlakatda demokratik standartlar va qonun ustuvorligiga rioya etilishiga shubha sabab bo‘lgan. Qo‘shilish jarayonining to‘xtatilishi va moliyaviy yordamning qisqarishi Gruziya va YeI o‘rtasidagi munosabatlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

🔹 Rossiyaning yana bir mintaqasi - Shimoliy Osetiya muftiyati niqob kiyishdan bosh tortishni tavsiya qilmoqda. Jamoat xavfsizligi nuqtai nazaridan ularni taqiqlash islom keng tarqalgan boshqa mamlakatlarda ham aytilmoqda.

🔹 Dunyoning eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchisi Xitoyning BYD kompaniyasi Turkiyada yiliga 150 ming elektromobil va gibrid ishlab chiqarish quvvatiga ega zavod qurishga kelishib oldi.

🔹 Oq uy matbuot kotibi AQSh prezidenti Jo Baydenning tibbiy tekshiruvlari chog‘ida unda Parkinson kasalligi belgilari topilmagan. 8 iyul kuni Bayden o‘zini Demokratik partiyadan prezidentlikka eng yaxshi nomzod deb bilishini, homiylari va o‘z partiyasi bosimiga qaramay, taslim bo‘lmasligini aytdi.

🔹 Shimoliy Amerikaning eng yirik muzliklaridan biri – Junoning erishi tezlashmoqda va qaytarilmas nuqtaga yetishi mumkin. Olimlar sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari va fotosuratlaridan foydalangan holda muz yo‘qotilishini o‘lchashdi. Muzliklarning erishi 1979 yildan keyin va 2010 yilda tezlashgan va 2015 yildan 2019 yilgacha muzliklar 1990 yillarga qaraganda besh baravar tezroq qisqargan.