Yaman ochlikka yuz tutmoqda
“Yamandagi urush bu qashshoq mamlakatni yashashga yaroqsiz davlatga aylantirmoqda”. Ushbu ogohlantirish mamlakatda ochlikka qarshi kurashish uchun tashkil etilgan donorlar konferensiyasi arafasida BMT tomonidan berildi.
Yamanda bo‘lgan Norvegiya Qochqinlar kengashi bosh kotibi Yan Egeland Euronews savollariga javob berdi:
- Men qo‘llarida skeletdek bolalarini ko‘tarib olgan onalarni uchratdim. Ularning aytishicha, o‘tgan yili oziq-ovqat tarqatish taqsimoti 50 foizga qisqartirilgan, endi ular bolasini emizolmaydi.
Yamanda 16 million odam oziq-ovqat yordamiga muhtoj. Bu shunday ayanchli vaziyatga tushgan dunyodagi eng katta hamjamiyatdir. Agar biz hozir donorlar konferensiyasida muvaffaqiyat qozona olmasak, bu yerda Efiopiya va Saheldagidek 1980 yillardan beri dunyo ko‘rmagan ochlik bo‘ladi. Bu urush tugashi kerak - bu yerda 40 ta mojaro chizig‘i bor. Bizga, shuningdek, Fors ko‘rfazi davlatlari, Yevropa, Shimoliy Amerika, Yaponiya va barcha donor mamlakatlar tomonidan sezilarli darajada ko‘proq mablag‘ kerak bo‘ladi.
Fevral oyida mamlakat aholisiga gumanitar yordam - oziq-ovqat, yoqilg‘i, dori-darmon yetkazib berishni qiyinlashtirgani sababli Qo‘shma Shtatlar Yaman hustiy harakatini xorijiy terroristik tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarib tashladi.
"So‘nggi paytdagi bir nechta yaxshi yangiliklardan biri shundaki, Bayden ma’muriyati nafaqat bu yerda aholining uchdan ikki qismini boshqarayotgan hustiylarga terrorchi sifatida munosabatni to‘xtatdi, balki Oq uy bundan buyon harbiy harakatlarni qo‘llab-quvvatlamasligini hamda tinchlik va muzokarada qattiq turishini ta’kidladi.
BMT konferensiyada ishtirok etuvchi donor-mamlakatlardan taxminan 3,85 milliard dollar ajratishini kutmoqda. Bu o‘tgan yili 1,9 milliard dollar - talab qilingan mablag‘ miqdorining yarmidan kamrog‘ini tashkil etgan edi.
Internet xabarlari asosida G.Xoldorova tayyorladi.