Arab koalitsiyasi Yamandagi harbiy operatsiyalar to‘xtatilganini e’lon qildi
Saudiya Arabistonining SPA axborot agentligiga ko‘ra, Saudiya qirolligi boshchiligidagi arab koalitsiyasi qo‘mondonligining Yamandagi harbiy amaliyotlari to‘xtatiladi.
Koalitsiya ushbu qaror maqsadini “Muborak Ramazon oyida Yamanda tinchlik o‘rnatish, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash uchun ijobiy muhit yaratish” deb atagan.
Avvalroq kengash Yamandagi mojaroning barcha tomonlarini, jumladan, Yaman shimolidagi hukmron «Ansor Alloh» (husiylar) harakatini bir hafta ichida Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda ishtirok etishga taklif qilgan, biroq ular bunday qadamni rad etishgan. Husiylar garchi yamanlararo muzokaralar o‘tkazish g‘oyasini "ijobiy" deb atagan bo‘lsa-da, qirollikni mojaro taraflaridan biri deb bilishadi.
Yamandagi qurolli mojaro 2014 yil martidan beri davom etmoqda. Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi Yaman prezidenti Abdu Rabbo Mansur Hodiy qo‘shinlarini mamlakatning bir qismini nazorat qilayotgan husiy isyonchilariga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlamoqda. G‘arbda isyonchilarni Eron qo‘llab-quvvatlashi aytiladi.