Yamandagi aeroport yaqinida portlash sodir bo‘ldi, qurbonlar bor

Yaman janubidagi Aden shahridagi xalqaro aeroport yaqinida sodir bo‘lgan portlash oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, 12 kishi jarohatlandi. Yaralanganlar orasida besh kishining ahvoli og‘ir, deb xabar berdi RIA Novosti agentligiga xavfsizlik manbasi.

Kecha, 30 oktyabr kuni kechqurun Yamanning vaqtinchalik poytaxti xalqaro aeroportiga kiraverishda bomba o‘rnatilgan avtomobil portlagani ma’lum bo‘ldi.

Yamanda 2014 yil avgustidan beri hukumat kuchlari va hutiy isyonchilar o‘rtasidagi qarama-qarshilik davom etmoqda. Arab Respublikasi hukumatini Saudiya Arabistoni boshchiligidagi xalqaro koalitsiya qo‘llab-quvvatlamoqda.

Uning o‘z pozitsiyalariga qilgan hujumlariga javoban, hutiylar qirollik bo‘ylab portlovchi modda va raketali uchuvchisiz samolyotlarni uchirdi.

2017 yilda yamanlik isyonchilar mamlakatning turli qismlarida hukumat nazorati ostidagi hududlarga hujumlarini kuchaytirib, poytaxt - Sanoda hukumatni qo‘lga oldi.

Yaman prezidenti Abd Rabbu Mansur Hodiy va uning tayinlangan amaldorlari isyonchilarga qarshi kurashni davom ettirib, Aden shahrida muqobil hukumat markazini tuzdi.