Pokistondagi portlash qurbonlari soni oshmoqda, halok bo‘lganlar soni 75 kishiga yetgan
- 31.07.2023 09:34
- 64
- Xorij

Pokistonning Afg‘oniston bilan chegaradosh Bajaur viloyatida Jamiyat Ulema-i-Islom (Islom ulamolari assambleyasi) konservativ diniy partiyasi qurultoyida sodir bo‘lgan portlashda o‘nlab odamlar halok bo‘lgani xabar qilindi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 75 kishi halok bo‘lgan, 150 ga yaqin kishi jarohatlangan. Bomba yig‘ilish vaqtida bino ichida portlagan.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, qurultoyda partiya yetakchilaridan biri bir nutq so‘zlayotganda bomda xudkush-terrorchi tomonidan portlatilgan.
"Tehrik-ye Tolibon Pokiston" bilan muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchragach, mamlakatda teraktlar soni ortib, yil boshidan buyon 389 kishi halok bo‘lgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Dunyo mamlakatlaridagi g‘alati o‘yinlar
- 13 daqiqa avval
- O'qing, qiziq!
Raqamli davr jurnalisti qanday bo‘lishi kerak?
- 24 daqiqa avval
- Samarqand
Chigirtka balosi: Unga qarshi qanday kurashiladi?
- 41 daqiqa avval
- Qishloq xo'jaligi
Bolalar salomatligi uchun mas’uliyatli qadam
- 2 soat avval
- Salomatlik