Qrim ko‘prigiga hujum haqida asosiy ma’lumotlar

🔹 Qrim rahbari Aksyonov harakat umuman to‘xtagan 145-tayanch hududida favqulodda holat e’lon qilgan.

🔹 Rossiya milliy antiterror komiteti hodisani terakt deb baholadi: Ukrainaning ikkita suv usti uchuvchisiz apparatlari ko‘prikka zarba bergan.

🔹 Ikki kishi: er-xotin halok bo‘lgan, qizi o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati olgan.

🔹 "Krim-24" telekanali tasviriga ko‘ra, ko‘prikning bir qismi cho‘kkan, tayanchlar buzilmagan. Temir yo‘l hujumdan shikastlanmagan.

🔹 Holat yuzasidan “Terrorchilik harakati” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi "Ukraina maxsus xizmatlari va qurolli tuzilmalari" orasidan tashkilotchi va ijrochilarni qidirmoqda.

🔹 Ukraina xavfsizlik xizmati Qrim ko‘prigiga hujum uyushtirilganini tan oldi, Rada esa hujumga aloqadorlarni davlat mukofotlariga tavsiya qilmoqchi.

🔹 Ko‘prikda temir yo‘l harakati allaqachon yo‘lga qo‘yilgan, avtoyo‘llar ishga tushmagan. Haydovchilarga yangi hududlar orqali aylanma yo‘ldan yurish tavsiya etilmoqda. Parom xizmati ishlamoqda.

🔹 Bu Qrim ko‘prigiga ikkinchi hujum: o‘tgan yilning oktyabr oyida Ukraina maxsus xizmatlari ko‘prikda portlash uyushtirgan, uning ikki pog‘onasi qulagan va to‘rt nafar tinch aholi halok bo‘lgan edi.