Yangi yil tilagi

O‘ktam QARSHIYEV, mehnat faxriysi:

- Bugun biz, faxriylar yurtimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni yonboshlab kuzatibgina qolmasdan, bevosita uning ishtirokchisiga aylanganimizdan boshimiz ko‘kka yetmoqda, g‘ayratimizga g‘ayrat, yoshimizga yosh qo‘shilmoqda. Davlatimizning yuksak e’tibor va g‘amxo‘rligidan to‘la bahramand bo‘lib, izzat-ikromdamiz. Nafaqa pullari shundoqqina uyimizga keltirib berilsa, ishlovchi keksalarimizga pensiya pullari to‘lasincha to‘lab berilishi joriy etilgan bo‘lsa. Yana qanchadan-qancha ulug‘ ishlarning guvohi bo‘lyapmizki, ularni ko‘rib, ko‘ngillar quvonch va shodlikka to‘ladi. Biz uchun bundan oliy baxt bormi?

O‘tayotgan yilimizdan minnatdor holda yangi – 2019 yil yanada qutlug‘, barakali kelsin, deymiz. Fayzli kunlarimiz ko‘paysin.