Yaqin qarindoshlarning birga ishlashi taqiqlanadimi?

Mehnat kodeksiga ko‘ra, o‘zaro yaqin qarindosh yoki quda-anda bo‘lgan shaxslarning (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘il va qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo‘ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan bo‘lsa, bir davlat korxonasida birga xizmat qilishlari taqiqlanadi.

Istisno tariqasida, o‘zaro yaqin qarindoshlarning birga xizmat qilishlari mumkin bo‘lgan xodimlar ro‘yxati mavjud bo‘lib, ro‘yxat bilan bu yerda tanishing.
Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanalida ma’lum qilindi.