“Yashil makon”: Urgutda kuzgi mavsumda 541 ming tup ko‘chat ekiladi

 - Tumanda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yilning bahor va kuz mavsumlarida 1 million 345 ming tup mevali va manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan, - deydi tuman ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘lim boshlig‘i Baxtiyor Hamroyev. - Shu yil ko‘klamda 804 ming 740 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari va butalari ekildi. Har bir sektor hududida bittadan arzonlashtirilgan ko‘chat yarmarkalari tashkil etildi. Shuningdek, kuz mavsumida 541 ming tup manzarali va mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekish rejalashtirilib, tumandagi tashkilotlar kesimida taqsimlangan.

Jumladan, tumanning Quyi Kamangaron mahallasi “Mergancha” massivi hududida 3,3 gektarda “Yashil bog‘”, 1 gektar maydonda “Hokimlik bog‘i” hamda yarim gektar yerda “Yashil jamoat parki” tashkil etish uchun yer maydonlari tanlanib, kuzgi mavsum boshidan beri 171 ming 284 ta mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. 1 dekabrgacha yana 370 ming tup daraxt ko‘chati o‘tqazish rejalashtirilgan.