Yigitlar harbiy xizmatga yo‘l oldi

Samarqand viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi yig‘in punktida Qurolli Kuchlar saflarida muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yo‘l olayotgan yigitlarni kuzatish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, bo‘lajak yurt posbonlarining ota-onalari ishtirok etgan tadbirda Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari R.Qobilov va boshqalar bugungi kunda Qurolli Kuchlar tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli milliy armiyamiz salohiyati yuksalayotganini e’tirof etishdi. Ona Vatanni asrash va uni himoya qilish azaldan eng muqaddas burch ekanligini ta’kidlab, yigitlarga oq yo‘l tilashdi.

Tadbirda xizmatga yo‘l olgan bo‘lg‘usi askarlarga viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashi hamda yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

B.MUSTANOV.