Yonib ketgan yuk mashinalari bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
Kecha tunda Samarqandda ikkita yuk mashinasi to‘qnashib, yonib ketgani haqida xabar bergan edik.
Ushbu holat yuzasidan viloyati IIB axborot xizmati izoh berdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 3 yanvar kuni soat 22:50 atrofida Samarqand tumani O‘zbekkenti mahallasi hududidan o‘tuvchi yo‘lda yuk avtomobillari to‘qnashib ketishi oqibatida yong‘in yuzaga kelgan.
Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. YTH oqibatida jarohat olganlar yo‘q. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.