Yosh leytenantlar faxriy generallarni qutladi

Samarqand shahridagi 13060-sonli harbiy qismda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari safida fidokorona xizmat qilgan faxriy zobitlarga ehtirom ko‘rsatildi.

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirga yurtimizning turli harbiy qismlarida xizmat qilgan 100 nafardan ziyod general, polkovnik va podpolkovniklar taklif etildi. Dastlab Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik O.Saidov bugun Qurolli Kuchlar tizimida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib, Vatanimizda tinchlik, osoyishtalikni ta’minlashda faxriy harbiylarning mudofaa borasidagi tajribalari yosh askar va zobitlarga ibrat ekanini ta’kidladi. So‘ngra ularga estalik va qimmatbaho sovg‘alar topshirdi.

Tadbir harbiy orkestrning tinchlik, Vatan va harbiylarni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlari bilan davom etdi.