Yosh olimlar “Afrosiyob”dan nima topdi? (foto)
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi respublika yosh olimlar kengashining tashabbusi bilan Samarqand shahridagi “Afrosiyob” tepaliklarida “Yosh olimlar ilmiy tadqiqot ekspeditsiyasi-2019” tadbiri o‘tkazilmoqda.
– Tarixiy va arxeologik yodgorliklarni ilmiy jihatdan tadqiq etish, moddiy-madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish, sohada ilmiy-amaliy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish orqali yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan ekspeditsiyaga 30 nafar yosh mutaxassislar jalb etilgan, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi raisi A.Aslonov. – Ular orasida arxeologiya, tarix, ekologiya, geologiya, botanika yo‘nalishlarida ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimlar, tadqiqotchilar, magistr va talabalar bor. Ekspeditsiya jarayonlariga O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti prorektori Mo‘minxon Saidov rahbarlik qilmoqda
16 avgustdan “Afrosiyob”da qazish ishlarini boshlagan yosh olimlar shu paytgacha ilk o‘rta asrlarga xos sopol parchalari, qabr qoldiqlari, metall buyumlar va quvur yo‘llari qoldiqlarini topdi.