Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yoshlar ittifoq kubogi - SamDU futbolchilarida

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tashabbusi bilan viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida «Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz» shiori ostida Yoshlar ittifoq kubogi uchun futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Bosqichma-bosqich bo‘lib o‘tgan futbol musobaqasida talabalar shiddat bilan to‘p surishdi. Har bir jamoa o‘z oliygohi sharafini kuchli himoya qildi. 

Futbolchi talabalar o‘rtasida o‘tgan bellashuvlarda Samarqand davlat universiteti jamoasi barcha raqiblarini yengib birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti sportchi talabalari ikkinchi, Samarqand arxitektura-qurilish institutining yosh futbolchilari esa sovrinli uchinchi o‘rin sohibiga aylanishdi.

Gulmira KELDIYOROVA.