Yoshlar o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etdi
“Samarqand” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida zilzila, yong‘in va uning oqibatlarini oldini olish va bartaraf etish mavzusida maxsus-taktik o‘quv-mashg‘ulot o‘tkazildi.
Viloyat bojxona boshqarmasi va “Bojxona-servis” davlat muassasasi xodimlari bojxonaga qarashli ombor mudirlari hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etgan tadbirda favqulodda holatlar va uning oqibatlarini bartaraf etishda to‘g‘ri harakatlanish, maxsus texnik vositalardan foydalanish tartiblari ko‘rsatib berildi.
Shuningdek, tadbirda zilzila paytida hamda o‘t o‘chirish uchun zarur bo‘ladigan zamonaviy texnik vositalar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlarda yong‘in sodir etilganda uni bartaraf etish choralari ko‘rildi.
Bundan tashqari, bojxona ombori rahbarlari va ombor mudirlariga mutaxassislar tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish,yong‘in xavfsizligiga rioya etish, omborlarda tovarlarni saqlash va ularni nazorat qilish tartiblari yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Anvar Turdiqulov,
viloyat FVB hayot faoliyati xavfsizligi
o‘quv markazi o‘qituvchisi.