Yurib ketayotgan “Neksiya” yonib ketdi

Kecha, 26 fevral kuni soat 14:00 larda Namangan viloyati, Namangan shahri, Islom Karimov ko‘chasida harakatlanib ketayotgan To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi G‘.K. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli transport vositasida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar qildi.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in bartaraf etilgan.

Transport vositasiga va haydovchiga tegishli bo‘lgan hujjatlar hamda avtomashinaning ko‘plab qismlari yonib ketgan. Yong‘in yuzaga kelishi sababi va omillari o‘rganilmoqda.

"Hurmatli haydovchilar boshqaruvingizdagi transport vositasining texnik sozligini o‘z vaqtida nazorat qilishingizni so‘raymiz. O‘zingiz va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymang", deya ogohlantirmoqda IIV YHXBB.