«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 11 fevral, №18) sonida o‘qing
Viloyat hokimining navbatdagi sayyor qabuli Past Darg‘om tumanida tashkil etildi. Go‘zalkent qo‘rg‘onida joylashgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida o‘tkazilgan qabulda 370 dan ziyod murojaatlar ro‘yxatga olindi. Xo‘sh, bu yerlik aholini asosan nimalar qiynamoqda? Murojaatlarning aksariyati qaysi masalalarda bo‘ldi? Ularning yechimi-chi?
***
Shu yilning 13 yanvar kuni viloyat hokimligida Samarqand shahrida chiqindilarni vaqtida chiqarish, obodonchilikni ta’minlash, bu borada ko‘rsatilayotgan xizmatlardan yuzaga kelayotgan qarzdorliklar, ularning kelib chiqishi va undirilishi tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tgan edi. Unda viloyat hokimi bu ishlarga mas’ul «Maroqand obod» va «Toza hudud» davlat unitar korxonalari rahbar va mutaxassislari oldiga qilinishi zarur bo‘lgan aniq topshiriqlarni belgilab berdi. Xo‘sh, ushbu vazifalar yuzasidan «Maroqand obod» davlat unitar korxonasi qanday tadbirlar belgiladi, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha qanday ishlarni amalga oshirmoqda?
***
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi qarori bilan Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istondagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishini respublikamiz oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha ariza qabul qilishga ruxsat berildi. Bu borada viloyatimizda qanday ishlar olib borilmoqda? Qo‘shni davlatlarda tahsil olayotgan talabalar o‘zimizdagi oliy o‘quv yurtlariga o‘qishini ko‘chirishda muammolarga duch kelmayaptimi? Bu savollarga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mutaxassisi, ishchi guruh a’zosi G‘ulom Hakimov qanday javob beradi?