Zelenskiy Tramp va Putin bilan shartsiz uchrashishga tayyor

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh va Rossiya prezidentlari — Donald Tramp va Vladimir Putin bilan “hech qanday shartlarsiz” uchrashishga tayyor ekanini bildirdi. Biroq u Moskvada uchrashuv o‘tkazishga rozi emasligini ta’kidladi.
Zelenskiy bu haqda Sky News telekanaliga bergan intervyusida aytgan: «Men Tramp va Putin bilan ikki tomonlama yoki uch tomonlama formatda uchrashishga tayyorman. Hech qanday shart qo‘ymayman», — dedi u.
Zelenskiy shu bilan birga Moskvaga bormasligini yana bir bor qayd etdi. Unga ko‘ra, muzokaralar boshqa davlatda o‘tkazilishi mumkin, AQSh va Yevropadan bu borada ko‘p takliflar bor.
Shu kunlarda Rossiya armiyasi Zaporoje va Xarkovga zarba berishda davom etmoqda. Hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, 20 ga yaqin kishi yaralangan. Xarkovdagi Farmatsevtika universiteti binosi vayron bo‘lgan, Ukraina temir yo‘llariga qarashli energetika podstansiyalariga zarar yetgan.
Tramp ma’muriyati NATO ittifoqchilari hisobiga Ukrainaga birinchi qurol-yarog‘ yetkazib berishga rozilik berdi. Bundan tashqari, Ukraina va uning G‘arbiy ittifoqchilari jangovar maydonda sun’iy intellekt texnologiyalarini faol rivojlantirmoqda. Vashington Kiyevga sun’iy intellekt texnologiyasi bilan jihozlangan hujumlarni muvofiqlashtirish qobiliyatiga ega bo‘lgan o‘n minglab harbiy dronlarni yetkazib berish arafasida. Dronlardan ommaviy foydalanish zamonaviy urushning yangi bosqichidan dalolat.