Zoir Mirzayev o‘zi o‘qigan maktabga keldi

O‘tayotgan hafta tumandagi qator maktablarda "Rahbardan 10 kitob" aksiyasi o‘tkazildi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, har bir rahbar o‘zi o‘qigan maktabiga kitob sovg‘a qilsa, yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, shubhasiz.

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani hokimi Zoir Mirzayev ham bugun o‘zi o‘qigan 7-umumta’lim maktabiga kitob sovg‘a qildi.

Aytish joiz, Z.Mirzayev Jomboy farzandi. U o‘n yildan ortiq tuman, viloyat hokimi, vazir, Bosh vazir o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qildi. Ayni paytda faoliyatini Jizzax viloyatida davom ettirmoqda.

O‘quvchilar bilan uchrashuvda hokim “Zarafshon” gazetasi kutubxonasidan” ruknida chop etilayotgan kitoblarning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni va ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi. “Benazirsan, O‘zbekistonim!”, “Yurtni sevmoq saodati” nomli viloyat ijodkorlarining bayozini chop etish bilan bog‘liq xotiralari, kitob va matbaachilikka oid fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Hokim bilan uchrashuvda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Sherzod ISOQULOV,

“Jomboy tongi” muxbiri.