Isroilda “COVID-19”ga qarshi emlanganlar uchun yashil pasport joriy qilindi
- 19.02.2021 13:31
- 21
- COVID-19

Isroil hukumati koronavirusga qarshi emlangan yoki kasallikdan forig‘ bo‘lgan fuqarolar uchun "yashil pasport" taqdim etdi. Hujjat fuqarolarga sport va madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniyatini beradi.
Yangi sertifikat kecha, 18 fevral kuni Isroil sog‘liqni saqlash vaziri Yuliy Edelshteyn tomonidan taqdim etildi. Shu bilan birga, hujjatni qalbakilashtirish holatida jiddiy huquqiy sanksiyalar qo‘llanilishi haqida ogohlantirdi.
Fuqarolar pasportni 21 fevral, yakshanba kunidan olishadi.
Rasmiylar qalbaki hujjat tayyorlagani va tarqatgani uchun jinoiy javobgarlik bilan tahdid qilishiga qaramay, firibgarlar allaqachon qalbaki sertifikat «biznes»ini boshladi. «Israil Info» xabariga ko‘ra, "yashil pasport" bir nechta telegram-akkauntlarda reklama qilinmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Test sinovlari o‘tkaziladigan binolar tayyormi?
- Kecha, 18:02
- Ta’lim
SamISI da yoshlarga e’tibor qanday?
- Kecha, 17:55
- Jamiyat
Suv minorasi ta’mirlanmoqda
- Kecha, 17:30
- Samarqand
Ma’naviyatsiz jamiyat – sust jamiyatdir
- Kecha, 11:50
- Jamiyat