Mavrikiya koronavirus ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qildi
- 14.05.2020 21:30
- 281
- Xorij
Mavrikiyada so‘nggi 17 kunda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati qayd etilmadi. Bu haqda The Jakarta Post nashri xabar berdi.
“Biz jamoatchilik bilan hamkorlikda jangda g‘olib keldik”, dedi mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Kaylesh Yagutpala.
Mamlakatda qat’iy karantin joriy etilgan va barcha chegaralar, supermarketlar yopilgan edi. Erishilgan yutuqqa qaramasdan, mamlakat hukumati maktab, cho‘milish maskanlari, teatr kabi jamoat joylarini qayta ishga tushirishga shoshilmayapti.
Mavrikiyada jami 332 nafar kasallanish holati qayd etildi, ulardan o‘n nafari vafot etdi, qolgan barcha bemorlar sog‘aygan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Tahririyatda zamonaviy media markaz ish boshladi
- 26 daqiqa avval
- Samarqand
“Qishloqilar” aybdormi?
- 1 soat avval
- Jamiyat
Samarqandda dendrologiya bog‘i tashkil etildi
- 3 soat avval
- Samarqand
Kosmonavtlar ellik yildan keyin yana Oyga uchishdi
- Bugun, 11:01
- Xorij