O‘zbek filmi xalqaro kinofestivalda Gran-pri g‘olibi bo‘ldi
- 20.11.2020 10:30
- 268
- Afisha

Joriy yil 12-17 noyabr kunlari o‘tkazilgan Hamdo‘stlik mamlakatlari «Moskva premerasi» ikkinchi xalqaro kinofestivali yakunlari sarhisob qilindi. Bu haqda "O‘zbekkino" milliy agentligi xabar berdi.
Kinofestival yakuniga ko‘ra, to‘liq metrajli filmlar tanlovida Yolqin To‘ychiyevning "Faridaning ikki ming qo‘shig‘i" badiiy kartinasi bosh mukofotga sazovor bo‘ldi.
Moskvada bo‘lib o‘tgan kinofestivalning to‘liq va qisqa metrajli filmlar tanloviga Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Litva, Rossiya, O‘zbekiston va Ukrainaning filmlari kiritildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hech narsaga qaramay tirik qolish...
- 3 soat avval
- O'qing, qiziq!
“Ayollar daftari” - doimiy yordam mashinasi emas
- Kecha, 16:59
- Jamiyat
Kitob ko‘p, nega kitobxon kam?
- Kecha, 16:50
- Mutolaa
Ma’naviyat bir qadam oldinda bo‘lishi kerak
- Kecha, 16:35
- Madaniyat