Kollej direktor o‘rinbosari farroshdan pora oldi
- 11.07.2019 15:35
- 418
- Samarqand
Jomboy transport kasb-hunar kollejining direktor o‘rinbosari (kimligi sir tutildi) farroshdan uni ishga olib qolish uchun 400 ming so‘m talab qilgan va IIB hamda prokurotura hamkorligida olib borilgan tezkor tadbirda qo‘lga olingan.
Shuningdek, Samarqand iqtisodiyot kollejining direktor o‘rinbosari ham o‘quvchilaridan birining bahosini olib berish evaziga 50 AQSh dollari so‘ragan va tezkor tadbirda u ham qo‘lga olingan.
Bu haqda Samarqand shahridagi Yoshlar markazida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan tadbirda aytib o‘tildi.
Tadbirda ta’lim muassasalari rahbarlari, tibbiyot xodimlari hamda korxona va tashkilot vakillari ishtirok etdi.
Prokuratura va IIB mas’ul xodimlari tadbir qatnashchilariga korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, uning oldini olish va bu illatga chek qo‘yish kerakligi haqida tushuncha berdi.
Uchrashuvda korrupsiya oliy ta’lim muassasalarida keng avj olgani aytib o‘tildi.